Indoneziyaning Sulavesi orolida zilzila va sunami qurbonlari soni 2 088 nafarga yetdi. Bu haqda 12-oktabr, juma kuni Anadolu agentligi xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi 12-oktabr kuni rasman yakunlandi. Favqulodda vaziyat rejimi 26-oktabrga qadar uzaytirilgan.
Mamlakat rasmiylari 680 kishi hamon bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida ekanligi, 4 612 kishi yaralanganligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)