Germaniyada qochoqlar uchun mo‘ljallangan turar joylarda hujumlar soni 2018-yilda qariyb uch baravarga kamaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Joriy yilning yanvar—sentabr oylarida Germaniyada muhojirlar joylashtirilgan joylarda 2017-yilning shu davriga nisbatan 44 foiz kamroq hujum qayd etilgan.
2017-yilda Germaniyada har uch oyda o‘rtacha 80 tadan ko‘proq shunday hujumlar amalga oshirilgan, bu yil esa bunday holatlar soni 36 tani tashkil qilgan.
Shu bilan bir vaqtda, bunday jinoyatlar bo‘yicha ba’zi xabarlar kech yetib keladi.
2017-yilda butun Germaniya bo‘yicha qochoqlar joylashtirilgan joylarda jami 312 ta hujun qayd etilgan. 2016-yilda bunday holatlar soni 995 taga teng bo‘lgan bo‘lsa, mamlakatda migratsion inqiroz o‘z cho‘qqsiga chiqqan vaqtda 1031 ta holat kuzatilgan.
Izoh (0)