Amerikalik 28 yoshli model Kelsi Kveyl Jorjiya shtatida avtomobilni haydab ketayotib, to‘satdan boshqaruvni yo‘qotdi va avariyaga uchradi. Bu haqda Star xabar bermoqda.
Uning mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yana uchta mashinaga borib urildi. Keyinchalik qizga bungacha o‘q uzishgani va u bo‘ynidan yaralangani ma’lum bo‘ldi.
Kelsining jarohati shifokorlar jasadni tekshirganda aniqlandi.
Tergov taxminiga ko‘ra, model yo‘lda boshqa haydovchi bilan mojaroga borgan va u qizga o‘q uzgan. Shuningdek, u tasodifiy otishma qurboni bo‘lgani haqidagi versiya ham bor.
Izoh (0)