Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kelgusi sammitda progressga umid bildirdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo 7-oktabr kuni KXDRga tashrif buyurib, mamlakat yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi. Tashrifdan maqsad ikkinchi AQSh—KXDR sammitiga tayyorgarlikdan iborat edi.
Muzokaralar yakuni ma’lum bo‘lmasdan turib, Donald Tramp allaqachon Kim Chen In bilan uchrashuv “juda tez orada” bo‘lib o‘tishini aytgan edi. Tomonlar AQSh prezidenti va KXDR rahbari o‘rtasidagi navbatdagi sammitni muhokama qildi va u o‘tkaziladigan joy va sanani kelishib oldi.
Koreya Markaziy telegraf agentligi xabarida aytilishicha, KXDR yetakchisi mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi ikkinchi sammitda butun dunyo qiziqayotgan masalalar yechimida va so‘nggi muzokaralarda qo‘yilgan maqsadlarga yetishda albatta katta progressga erishilishiga xohish va ishonch bildirdi.
Izoh (0)