Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyat Urganch shahri hokimligi “Savdo xarid” korxonasi bilan hamkorlikda Urganch dehqon bozorida mol go‘shtini 30 ming so‘mdan sotilishini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda viloyat “Savdo xarid” korxonasi rahbari Abdurasul Yoqubovga tayanib Turon 24 xabar berdi.

Foto: Turon 24

Foto: Turon 24

Xabarda aytilishicha, oxirgi vaqtlarda viloyatning barcha shahar va qishloqlarida go‘sht narxining sun’iy oshirilishi kuzatilgan. Go‘sht narxini pasaytirish uchun chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklar va aholidan mollar sotib olinib, peshma-pesh go‘sht rastalariga chiqarilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, go‘sht narxi Urganch shahrida shu paytgacha 40—45 ming so‘mdan sotilib kelinayotgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda