Sarvar Mahametov 6-oktabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani hokimi etib tayinlandi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, u bungacha 2016-yildan beri Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi; 41 yoshli Mahametov 2010—2016-yillarda Bektemir tuman hokimligiga rahbarlik qilgan.
Bungacha Chilonzor tumaniga hokimlik qilgan Davron Hidoyatov avvalroq Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevning arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
O‘z navbatida, Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga 6-oktabr kuni Baxtiyor Shomurodov tayinlangan. 40 yoshli Shomurodov bungacha Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)