• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abdulla Oripovning qizi meros mashmashasiga oydinlik kiritdi

    Abdulla Oripovning farzandlari meros talashishayotgani haqidagi gap-so‘zlarga “Darakchi” gazetasida e’lon qilingan maqolada oydinlik kiritilgan. Bu haqda UZ24 xabar berdi.

    Ushbu maqola to‘lig‘icha e’tiboringizga havola qilinadi.

    Foto: UZ24

    Foto: UZ24

    Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlaro sudi sudyasi G‘ayrat Ergashev nashrga ma’lum qilishicha, chindan ham O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Oripovning rafiqasi Xanifa Mustafayeva meros mulklarini bo‘lib berishni so‘rab, sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

    Da’vogar Xanifa Mustafayevaning vakili B.Eshmurodov sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarlar Shoira Oripova, Yulduz Oripova, Zarifa Oripova, Mavluda Oripova, Ruxsora Oripova va Ilhom Oripovga nisbatan meros ulushlarini aniqlash va meros mulklarini bo‘lib berishni so‘ragan.

    Sudning 2018-yil 18-sentabr kunidagi ajrimiga asosan, ishga Zarema Oripova mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida javobgar tomonidan jalb qilingan.

    Sud majlisida so‘ralgan da’vogar Xanifa Mustafayevaning vakili B.Eshmurodov da’vo arizasini qo‘llab-quvvatlab, undagi vajlarni takrorlab, meros mulki bo‘lgan:

    – Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Neftchi MFY, El ko‘chasi 3-sonli kottejdan (Ekspertiza xulosasiga ko‘ra hisobiy bozor bahosi 297.767.142 so‘m),

    – Captiva rusumli avtomashinadan (hozirgi kundagi o‘rtacha bozor narxi 80.804.200 so‘m),

    – Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy ko‘chasi, 72-uy, 33-xonadon (hisobiy bozor bahosi 612.164.974 so‘m)dan meros ulushlarini aniqlashni so‘ragan.

    Hamda meros mulklari bo‘lgan:

    – Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Neftchi MFY, El ko‘chasi, 3-sonli kottejni

    – Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Do‘rmon” QFY, Yozuvchilar ko‘chasi, 2-uyni (hisobiy bozor bahosi 472.722.039 so‘m),

    Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy ko‘chasi, 72-uy, 33-xonadonni hamda Captiva rusumli avtomashinani Xanifa Mustafayevaga natura tarzida qoldirishni, qolganlarning ulushini pul miqdorida da’vogardan undirishni so‘radi.

    Sud majlisida javobgar Yulduz Oripova meros mulki bo‘lgan Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy ko‘chasi, 72-uy, 33-xonadonni unga natura tarzida qoldirishni, Qarshi shahridagi kottejni, Qibray tumani, “Do‘rmon” QFY, Yozuvchilar ko‘chasidagi 2-uyni va Captiva rusumli avtomashinadan o‘z ulushini pul shaklida ajratib berilishiga e’tirozi yo‘qligini bildirdi.

    Shoira Oripova va Yulduz Oripovaning vakili N.Tashpulatov Yu.Oripovaning fikrlariga qo‘shilishini, Shoira Oripova o‘z ulushini singlisi Yulduz Oripova foydasiga voz kechishi, biroq notarial tartibdagi arizasi yo‘qligini aytdi. Sh.Oripova o‘z ulushidan voz kechgan bo‘lsa-da, ushbu ulushni pullik kompensatsiya qilinishiga qarshi ekani, ulushni natura tarzida bo‘lib berishni so‘raganini bildirdi.

    Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ogohlantirilgan javobgarlar Ilhom Oripov, Zarema Oripova sud majlisida ishtirok etishmadi. Ammo sudga yozma ariza taqdim etib, ulushini pul miqdoriga olishga rozilik bildirib, fuqarolik ishini ularning ishtirokisiz ko‘rishni so‘rashgan. Ruxsora Oripova ham sudga yozma ariza taqdim qilib, otasidan qolgan da’vo ulushidan notarial tartibda onasining foydasiga voz kechganini bildirgan.

    Javobgarlar Zarifa Oripova va Mavluda Oripova bugungi kunda AQShda istiqomat qilgani bois ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishni lozim topdi.

    Fuqarolik kodeksining 1112-moddasiga ko‘ra, vorislik vasiyat va qonun bo‘yicha amalga oshiriladi.

    Mazkur fuqarolik ishi holatlaridan ko‘rinishicha, Abdulla Oripov va Xanifa Mustafayeva 1968-yilning 23-aprelida qonuniy nikohdan o‘tgan. Ularning 6 nafar farzandi bor.

    Abdulla Oripov 2016-yilning 5-noyabrida vafot etgan.

    Oila kodeksi 23-moddasining 1-qismiga ko‘ra, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisobalanadi. Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolar, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilganidan qat’iy nazar er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.

    Oila kodeksi 28-moddasining 1-qismiga ko‘ra, er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda hamda ularning shu mol-mulkdagi ulushlarini aniqlashda, agar er va xotin o‘rtasidagi nikoh shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, er va xotinning ulushlari teng, deb hisoblanadi.

    2018-yil 26-sentar kuni Yakkasaroy tumanlararo sudi chiqargan hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vogar Xanifa Mustafayevaning vakili B. Eshmurodovning javobgarlar Sh.Oripova, Yu.Oripova, Z.Oripova, R.Oripova, I.Oripovga nisbatan meros ulushlarini aniqlash va meros mulklarini bo‘lib berish to‘g‘risidagi da’vo arizasi qanoatlantirildi.

    Qarshi shahridagi kottej va Captiva avtomashinadan Mustafayeva Xanifaning ulushi 12/14 qism. Sh.Oripova va Yu.Oripovaning har birining ulushi 1/14 qismdan, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy ko‘chasi, 72-uy, 33-xonadonning 1/4 qismidan Mustafayeva Xanifaning ulushi 5/7 qism, Sh.Oripova va Yu.Oripovaning har birining ulushi 1/7 qismdan deb belgilandi.

    Qarshi shahridagi kottej, “Do‘rmon”dagi uy, Captiva rusumli avtomashina hamda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy ko‘chasi, 72-uy, 33-xonadon natura tarzida Mustafayeva Xanifa tasarrufida qoldirildi.

    Merosdan olgan ulush o‘rtasidagi farq sifatida Mustafayeva Xanifadan Sh.Oripova foydasiga 82.669.704.1 so‘m va Yu.Oripova foydasiga 82.669.704.1 so‘m undirilish belgilandi.

    Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy ko‘chasi, 72-uy, 33-xonadonning xususiylashtirish ulushlari hisobidan Mustafayeva Xanifadan I.Oripov va Zarema Oripovaning har biriga 153.041.243.5 so‘mdan undirilish belgilandi.

    Mustafayeva Xanifadan davlat foydasiga 937.582 so‘m davlat boji undiriladigan bo‘ldi.

    Sh.Oripova va Yu.Oripovaning har biridan davlat foydasiga 1.653.394 so‘mdan davlat boji undirilish belgilandi.

    Mazkur hal qiluv qarori ustidan nazorat tartibida shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi ham mumkin.

    Muhokamalarning “bosh qahramoni”ga aylangan Yulduz Oripova bu borada quyidagi fikrni bildirgan:

    — Oila a’zolarimiz orasida hech qanday janjal, murosasizlik holati bo‘lgani yo‘q. Vaziyat shunday bo‘lgandi: opam va mendan boshqa farzandlar merosdagi o‘z ulushidan onamning foydasiga voz kechishgan. Ikkimizning rozi bo‘lmaganimiz bu – pul talab qildi, degani emas. Maqsadimiz, bari o‘z holicha qolishini istagandik. Opam va men hujjatga qo‘l qo‘ymaganimiz bois onam Yakkasaroy tuman sudiga merosni narxlatib, ulushlarni pul ko‘rinishida taqsimlab berishni so‘rab, da’vo arizasi kiritgan. Bu oddiy hol. Men puldan voz kechdim. Onam bilan ham munosabatlarimiz yaxshi, hech qanday mojaro bo‘lgani yo‘q. Aslida oilada meros xususida gaplashmaymiz ham. Mol-mulk talashish bizning tarbiyamizga zid. Internetdagilar ko‘proq odamning e’tiborini jalb qilish maqsadida “Abdulla Oripovning farzandlari meros talashishyapti”, deb nomimizdan foydalandi, xolos. Qonuniy merosxo‘rlar qanday meros talashishi mumkin? Bu mantiqqa zid-ku! Otamning to‘rt qator she’rini har qanday zeb-u zarlarga almashmayman. Otamning ma’naviy merosi – haqiqiy boyligim. Dunyoviy mol-mulk esa qo‘lning kiri. Hayotda o‘ylash uchun merosdan ham muhimroq narsalar bor. Hayotimdagi eng katta fojia bu – otamni yo‘qotganim. Bundan ortiq fojia yo‘q. Otamning siymosi nafaqat biz, balki butun xalqimiz uchun aziz. Otamning merosi ham xalqniki! Biz, farzandlarning vazifamiz otamning xotirasini abadiylashtirib, nomini pok saqlash! Nodonlarning shov-shuv ko‘targani achinarli holat.

    05.10.2018, 17:00   Izoh (0)   72823
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Zarubejneft” O‘zbekistonda qo‘shma korxona ochishni rejalashtirmoqda

    05.10.2018, 16:36

    Qozog‘istonda ota-onalar o‘qituvchilarga sovg‘a bermaslikka chaqirildi

    05.10.2018, 16:19

    “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari “O‘zbekenergo” rahbariyatini tizimni o‘g‘rilardan tozalashga chaqirdi

    05.10.2018, 15:49

    “O‘ztransgaz” rahbari: Bu yil hech kimni gaz tarmog‘idan uzmaslikka niyat qildik

    05.10.2018, 15:38

    Toshkent shahar IIBB bosqinchilikda gumon qilingan shaxslarga kuch ishlatilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    05.10.2018, 15:29

    Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Amudaryoda kanallarni qazadigan zemsnaryadlarni borib ko‘rdi

    05.10.2018, 14:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10

    Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:53

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.