Tojikiston Respublikasining Abulqosim Lohutiy nomidagi davlat akademik drama teatri a’zolaridan iborat 12 kishilik delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Tojikistonlik mehmonlarni viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Sharofov kutib oldi.
Abulqosim Lohutiy nomidagi davlat akademik drama teatri a’zolari Samarqandda “Jinoyat va jazo” deb nomlangan spektaklni namoyish etadi.
6-oktabrgacha Samarqandda bo‘ladigan tojikistonlik aktyorlar Buxoro shahriga ham tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)