Bugun, 3-oktabr sanasida Pepsi Superligada 25-tur doirasidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv yakuniga yetdi.
“Lokomotiv” va “Nasaf”dan g‘alaba, “So‘g‘diyona” esa “Neftchi”ga javobsiz 3 ta gol urdi
Turning so‘nggi o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Unda chempionlik uchun kurashayotgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor” Ilhom Mo‘minjonov boshliq “Navbahor”ni qabul qildi. Uchrashuvda hisobni 31-daqiqada Azizbek Haydarov ochdi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Abdulla Abdullayev “Bunyodkor”ning ikkinchi golini kiritdi. Shu tariqa “Bunyodkor” navbatdagi uch ochkoga ega bo‘ldi.
“Paxtakor” “Metallurg”ni tor-mor etdi, “Qo‘qon-1912” esa AGMKga yutqazib qo‘ydi
Pepsi Superliga
25-tur bellashuvlari
3-oktabr, chorshanba
Izoh (0)