Bugun, 3-oktabr sanasida Pepsi Superligada 25-tur bahslari davom ettiriladi.
Jumladan, Superligada qolish uchun kurashayotgan “Qo‘qon-1912” hamda AGMK jamoalari Qo‘qonda hisob-kitob qilishadi. Ular o‘rtasidagi bahs 18:00 da boshlanishi belgilangan.
Chempionlik uchun kuchli oltilikda kurash olib borayotgan “Metallurg” esa o‘z uyida “Paxtakor”ga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilib ko‘radi. Mazkur bahs ham 18:00 da boshlanadi.
Turning so‘nggi o‘yini Toshkentda kechadi. Unda chempionlik uchun kurashayotgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor” Ilhom Mo‘minjonov boshliq “Navbahor”ni qabul qiladi. Uchrashuv 20:00 da boshlanadi.
Pepsi Superliga
25-tur bellashuvlari
3-oktabr, chorshanba
“Qo‘qon-1912” – AGMK 18:00
“Metallurg” – “Paxtakor” 18:00
“Bunyodkor” – “Navbahor” 20:00
Izoh (0)