Bugun, 3-oktabr sanasida Gruziyaning Batumi shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. FIDE prezidenti lavozimini Rossiya federatsiyasi bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich egalladi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.
Dvorkovich saylovda FIDE vitse-prezidenti Georgios Makropulosni ortda qoldirdi. Uchinchi nomzod britaniyalik Nayjel Short esa saylov oldidan Dvorkovich foydasiga o‘z nomzodidan voz kechdi. Xalqaro shaxmat federatsiyasini 2018-yilga qadar rossiyalik Kirsan Ilyumjinov boshqarib keldi. U tashkilotga 1995-yildan boshlab rahbarlik qildi. Ilyumjinov FIDE’ning axloq qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilib vazifasidan chetlatilgandi.
Ta’kidlash joiz, FIDE’ga 1924-yilda asos solingan, Xalqaro tashkilotga hozirda 189 mamlakat a’zo.
Izoh (0)