O‘zbekiston valyuta birjasida yevro 10 000 ming so‘m atrofida savdo qilinmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.
Birjada yevro bilan bog‘liq operatsiyalar may oyida boshlangan, o‘shanda 10 100 so‘mdan savdo qilingandi. Shundan so‘ng pastlash boshlandi va avgustda 9 000 so‘mga tushib qoldi.
Sentyabr o‘rtalarida yevro avvaliga 9300 so‘mlik marrani qaytarib oldi, keyinchalik 9500 so‘mga yaqinlashdi. Birjada yevro yanada ildamroq o‘smoqda.
Izoh (0)