Boltiq dengizida, Rossiyaning Kaliningrad shahridan 135 kilometr narida Regina Seaways paromida portlash yuz berdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Portlashdan so‘ng kemada yong‘in kelib chiqdi. Uning bortida 335 yo‘lovchi bor edi.
Parom Germaniyaning Kil shahridan Litvaning Klaypedasiga ketayotgandi.
Dengiz va daryo transport agentligi ma’lumotiga qaraganda, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan. Hozirda yo‘lovchilarning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Agentlik kotibi Aleksey Kravchenkoning so‘zlariga qaraganda, voqea Rossiya iqtisodiy hududida ro‘y bergan, shu bois qutqaruv ishlarini Rossiya olib borgan.
Ayni damda voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)