Rossiyaning elektromagnit quroli poligonlar sharoitida sinovdan o‘tmoqda, deb yozadi “TASS” “Radioelektron texnologiyalar” konserni bosh direktori birinchi o‘rinbosarining maslahatchisi Vladimir Mixeyevga tayanib. Bunday qurol yaqin orada Suriyada qo‘llanilishi mumkin.
Mixeyevning so‘zlariga ko‘ra, elektromagnit qurol tizimlari (SVCh-pushkalar) “bor va juda samaradorlik bilan rivojlanmoqda”. “Sinovlar doimiy ravishda ham laboratoriya sharoitlarida, ham poligonlarda olib borilmoqda”, — dedi u. Mixeyevning qo‘shimcha qilishicha, shu bilan bir vaqtda elektromagnit qurol-yarog‘dan himoya tizimlari ustida ham ishlar olib borilmoqda.
“Arsenal Otechestva” jurnali bosh muharriri Viktor Muraxovskiy ta’kidlashicha, 2019-yilning yanvaridan rossiyalik harbiylar seriyali ravishda dronga qarshi qurollarga ega bo‘ladi, ular taqib yuriladigan elektromagnit impulsini tarqatuvchi sifatida qo‘llaniladi. “Shu jumladan, albatta, Suriyadagi harbiy xizmatchilarimizga ham yetkaziladi”, — dedi ekspert.
Izoh (0)