Quvayt sentabrda AQShga neft yetkazib berish hajmini nolgacha tushirdi, deb yozadi “Korrespondent.net” Bloomberg ma’lumotlariga tayanib. Bu 1992-yildan buyon birinchi marta yuz berdi, o‘shanda Quvayt Iroq bilan harbiy nizo tufayli neft eksportini to‘xtatgan edi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Quvayt shunchaki AQShga eksportni neftga nisbatan yuqori talabni namoyon etayotgan Osiyoga qayta yo‘naltiradi.
“Eronga qarshi sanksiyalar boshqa ishlab chiqaruvchilarga Osiyoga ko‘proq neft sotish imkonini beradi, u yerda narxlar AQShga qaraganda jozibaliroq”, — dedi Lipow Oil Associates konsalting kompaniyasi rahbari Endi Lipou.
Quvayt nefti Osiyoga barreliga taxminan 80 dollardan sotilmoqda, AQShga esa 79 dollardan sotilgan.
Izoh (0)