Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida 1-oktabr kuni soat 16:00 da otliq parad bo‘lib o‘tadi. Tadbirda 100 dan ortiq ingliz, nemis, yangiqirg‘iz, qorabayir va friz zotiga mansub ot ishtirok etadi. Bu haqda Yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Otlarda parad kiyimidagi ot sporti turlari bo‘yicha sportchilar, O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari, IIV huzuridagi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi hamda Milliy gvardiya kavalyer eskadronining faxriy qorovul batalyoni xodimlari harakatlanadi.
Federatsiya tomonidan ma’lum qilinishicha, otliq parad 1-oktabr kuni o‘qituvchilar va murabbiylar bayrami munosabati bilan o‘tkaziladi.
Izoh (0)