Oldinroq Toshkentda Turon Telecom internet-provayderi mijozlari bir necha soatga internetsiz qolgani xabar qilingan edi. Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarda serverlar yonib ketgani ma’lum qilingan edi.
Provayder vakili tarmoqdagi muhokamalarga aniqlik kiritish maqsadida izoh berib o‘tdi. Uning xabar qilishicha, serverlarni sovutish tizimida uzilish ro‘y bergan.
“Hurmatli abonentlar! Serverlarni sovutish tizimida uzilish ro‘y berdi, harorat ko‘tarilib, yomon voqea ro‘y berdi. Buning bari bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi izohda.
Izoh (0)