Avvalroq Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov o‘zining navbatdagi jangini bugun, 22-sentabr kuni Britaniyadagi “Uembli” stadionida o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tilgandi.
Shahram Shahram G‘iyosov bugun “Ulug‘imsan, Vatanim” qo‘shig‘i ostida ringga chiqadi, uni Sevara Nazarxon “Uembli”da jonli ijroda kuylaydi.
Ma’lumot uchun, Shahramga bugungi jangda nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qiladi. G‘iyosov shu kungacha prof ringda to‘rt marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (3 tasi nokaut). Laguna esa 14 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgan. 10 ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.
Eslatib o‘tamiz, “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadigan jang oqshomining asosiy to‘qnashuvi Entoni Joshua va Aleksandr Povetkin o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Ikkala jangni ham UzReport-TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Translyatsiyalar 22:00 da boshlanadi.
Izoh (0)