Vyetnam prezidenti Chan Day Kuang 21-sentabr kuni tongda, 62 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.
Vyetnam davlat televideniyesi axborotiga ko‘ra, prezident Xanoydagi shifoxonada “uning hayotini saqlab qolish uchun mahalliy va xorijiy shifokorlar va professorlar tomonidan olib borilgan sa‘y-harakatlarga qaramay, og‘ir kasallikdan vafot etgan”.
Chan Day Kuang 1956-yili tug‘ilgan. U uzoq vaqt davomida davlat xavfsizlik organlarida faoliyat olib borgan (bu xavfsizlik organlari mahalliy va xalqaro faollar tomonidan ko‘p tanqid qilingan. 2016-yili esa Chiong Tan Shang o‘rniga Vyetnam rahbariga aylangan edi. U mamlakatning hisob bo‘yicha 10-prezidenti edi.
Qayd etish joiz, Vyetnamda prezident Milliy majlis (parlament) tomonidan saylanadi. Rasman u davlat rahbari hisoblansa-da, amalda mamlakat boshqaruvi Vyetnam Kommunistik partiyasi bosh kotibi va hukumat rahbari tomonidan olib boriladi.
Izoh (0)