Bir oydan kamroq vaqt ichida Tesla’ni allaqachon beshinchi rahbar tark etadi — xalqaro xaridlar va ta’minot bo‘yicha vitse-prezident Liam O’Konnor korporatsiyadan ketmoqda. Bu haqda 21-sentabr kuni Bloomberg agentligi xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Tesla O’Konnorni 2015-yilning martida Apple’dan o‘ziga og‘dirib olganligi ta’kidlanmoqda.
Avvalroq sentabrda bosh buxgalter Deyv Morton, kadrlar bo‘limi rahbari Gabriel Toledano va xalqaro moliya bo‘yicha vitse-prezident Jastin Makanir Tesla’ni tark etgan edi. Avgust oyi oxirida kommunikatsiyalar bo‘yicha vitse-prezident Sara O’Brayen kompaniyada ishlashdan bosh tortgan edi.
Investorlar Tesla’dan “top-menejerlarning qochayotganligi”dan tashvishlanayotganligi xabar qilinmoqda.
Izoh (0)