Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani Oqtosh shaharchasidagi “Bog‘ishamol hayot” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida tikuv-trikotaj mahsulotlari fabrikasi ish boshladi, deb yozadi O‘zA.
Hududda amalga oshirilgan “Obod qishloq” dasturi ijrosi doirasida faoliyat boshlagan fabrikada 35 kishi ish bilan ta’minlandi.
Mazkur loyihaning yaqin kunlarda ishga tushirilishi kutilayotgan ikkinchi bosqichida yana 35 kishining bandligi ta’minlanadi.
Izoh (0)