Bugun, 17-sentabr kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev Holley Group kompaniyasi rahbari Chen Veydun boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.
Uchrashuvda Bektemir tumanida zamonaviy texnopark bunyod etish loyihasi muhokama etildi. Loyiha 200 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish hisobiga amalga oshirilib, texnopark hududida tekstil, farmatsevtika, mikroelektronika mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, texnopark 10 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratishni ham ko‘zda tutadi.
Holley Tashkent 150 gektar maydonni o‘z ichiga olib, yillik ishlab chiqarish mahsuloti eksporti qariyb 2 milliard dollar bo‘lishi kutilmoqda.
Holley group kompaniyasi 1970-yilda Xanchjou (Xitoy) shahrida tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniyaning Shimoliy Amerika, Janubi-sharqiy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqalarida filiallari mavjud.
Izoh (0)