Joriy yil 12-sentabr kuni soat 16:30 atrofida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori haydovchisi uyali telefon orqali gaplashib ketayotgan Lacetti Gentra rusumli avtomobilni to‘xtatdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Haydovchi ushbu huquqbuzarlik yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirmasligi uchun inspektorga pora berishga urindi. Inspektor esa “kelishish”dan qat’iyan bosh tortdi.
U bayonnoma tuzayotganda haydovchi Sheroz B. inspektorning avtomobili saloniga 28 ming so‘m tashlab qo‘yadi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahri prokuraturasi tomonidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (“Pora berish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Izoh (0)