Ruminiya sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur haftada G‘arbiy Nil bezgagidan mamlakatda to‘rt kishi vafot etganligini ma’lum qildi. Shu tariqa virusdan halok bo‘lganlarning umumiy soni 21 kishiga yetdi. Bu haqda 14-sentabr, juma kuni Associated Press agentligi xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Sog‘liqni saqlash milliy instituti 14-sentabr, juma kuni chivin chaqishidan keyin virusga yana 30 kishi chalinganligini ma’lum qildi. Barcha o‘lim holatlari sog‘liq bilan bog‘liq boshqa asoratlar bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlanmoqda.
Ruminiyada birinchi o‘lim holati avgust oyida qayd etilgan edi. Mamlakatda virusga jami 200 kishi chalingan.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi mahalliy hukumatni G‘arbiy Nil bezgagini tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rishga chaqirdi.
Izoh (0)