O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida ishga tushirilgan “Interfaol stend“ sensorli qurilmasi jahon tajribasida hali qo‘llanilmagan edi, deb yozadi O‘zA.
Ushbu qurilma, ayniqsa, xorijlik sayyohlar uchun qulaylik tug‘diradi. Oynavand uskuna ichidagi namoyishga qo‘yilgan buyumlar haqida endilikda gidlarsiz ham ma’lumot olish imkoniyati bor. Qurilma xotirasiga ko‘rgazmadagi buyum yoki san’at asari haqidagi barcha ma’lumotlar: qaysi asrga oidligi, muallifi, qanday materialdan tayyorlanganligi singari axborotlar o‘zbek, rus, ingliz tillarida joylashtirilgan. Ushbu uskunaning yana bir qulayligi har bir buyumning tayyorlanish jarayoni aks etgan videotasvirlar o‘rnatilganidadir.
Tajriba tariqasidagi mazkur sensorli qurilma xotirasiga hozircha 15 ta eksponat — zargarlik buyumlari joylashtirilgan. Rossiyaning Media content kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ushbu loyihani kelgusida yanada takomillashtirish hamda sensorlashtirilgan eksponatlar sonini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)