Eron O‘zbekiston avtomobillarini import qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida ma’lum qilindi, deya xabar beradi Spot.
Xabarga ko‘ra, Eron avtobus va yuk parki jiddiy yangilanishga muhtoj, shu bois mamlakatning Sepehr Meshqat Caspian kompaniyasi O‘zbekiston avto ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyor.
Birinchi bosqichda Eron kompaniyasi “O‘zavtosanoat” mahsulotlarining bir necha namunasini sotib olishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik esa avtomobillarni yig‘ilgan va yarim yig‘ilgan holda import qilishni taklif qilmoqda.
Izoh (0)