Lexus kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda LS, LX va LC modellari qatorini to‘ldiradigan “to‘rtinchi flagman”ning birinchi suratini e’lon qildi. Bunda kompaniya bu aynan avtomobil bo‘lishini aniq ko‘rsatmagan. Bu haqda “Motor” xabar berdi.
Boshqa ma’lumotga ko‘ra, Lexus kompaniysi LF-1 Limitless konseptining tijoriy talqinini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.
Lexus LF-1 Limitless avtopilot tizimi va to‘rt o‘lchamli navigatsion tizimi bilan jihozlangan. U an’anaviy 3D navigatsion tizim kabi ishlaydi, biroq qo‘shimcha ravishda yurish davomiyligi, kunning vaqti va yo‘ldagi vaziyatni hisobga olib, haydovchi va yo‘lovchilarga ehtiyojni oldindan aytuvchi vaqt elementiga ega.
Izoh (0)