Istanbulda Marmar dengizi akvatoriyasida vertolyot halokatga uchradi. Ikki kishining hayoti saqlab qolingan, ular shifoxonaga yetkazilgan. Bu haqda 6-sentabr kuni NTV telekanali xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot bortida ikki kishi, uchuvchi va yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan birining avholi og‘ir ekanligi ma’lum qilinmoqda. Avariyaga ob-havo sharoitlari sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
Vertolyot Turkiyaning xususiy kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Izoh (0)