“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida havo yo‘llari orqali tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda, deb yozadi O‘zA.
Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy saytida keltirilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tilla va zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi.
Bojxona nazoratidan “qizil” yo‘lak orqali o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro G.Z. bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, 207 gramm og‘irlikdagi tilla taqinchoqlarni poyabzalining ichki qismida yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan. Mazkur zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati 41 million 400 ming so‘mni tashkil qildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)