Norvegiya politsiyasi kamuflyajdagi qurollangan erkak haqidagi xabarlardan so‘ng mamlakat janubidagi Shiyen shahrida joylashgan ko‘ngilochar bog‘ va maktabni evakuatsiya qildi. Bu haqda NRK teleradiokompaniyasi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Politsiya 31-avgust, juma kuni 10:30 atrofida harbiylarnikiga o‘xshash formadagi qurollangan erkak haqida bir nechta xabar olgan.
“Unda avtomat borligi haqida ham xabarlar kelib tushgan. Politsiya ushbu ma’lumotni tasdiqlay olmaydi”, — deydi mahalliy politsiya.
Huquq-tartibot xodimlari Skien Fritidspark ko‘ngilochar bog‘idagi operatsiyaga ikkita vertolyotni jalb qilgan. Bog‘ va uning yaqinidagi maktab evakuatsiya qilingan. Shuningdek, bog‘ yaqinidagi yo‘llar yopib qo‘yilgan.
Keyinroq gumonlanuvchi 13:34 da qo‘lga olinganligi ma’lum qilingan. Operatsiya tafsilotlari va qo‘lga olingan haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar hozircha keltirilmagan.
Izoh (0)