Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov rahbarligidagi ishchi guruh joriy yilning 24—26-avgust kunlari Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida o‘rganish ishlarini olib bordi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

O‘rganishlar davomida vazir Kogon, Vobkent, G‘ijduvon, Shofirkon tumanlari hamda Buxoro va Kogon shahar ichki ishlar bo‘limlarida bo‘lib, ularda mavjud sharoitlar, shaxsiy tarkibning ma’naviy yetukligi hamda huquqiy savodxonligi, rahbar va xodimlarning xizmat vazifalari ijrosini tashkil etishning samaradorligi, tartib-intizomga rioya etish, aholidan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish ahvolini shaxsan o‘rgandi.

Ushbu hududlarning har birida vazir tomonidan rahbarlar va barcha xodimlar ishtirokida tanqidiy ruhda tezkor yig‘ilishlar o‘tkazilib, ishni tashkil etish ahvoliga baho berildi, faoliyatda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, ayniqsa jinoyat va huquqbuzarliklar hamda fuqarolarning noroziligini keltirib chiqaruvchi har qanday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha shaxsiy tarkibga aniq vazifalar yuklandi. O‘z xizmat burchiga loqaydlik bilan munosabatda bo‘layotgan, “xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyiliga rioya etmayotgan xodimlarga nisbatan keskin choralar ko‘rildi.

Uch kun davom etgan sohaviy o‘rganishlarning yakuniy hisoboti sifatida 26-avgust kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasida Po‘lat Bobojonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Bosh prokuratura, viloyat hokimligi va ichki ishlar organlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda viloyatdagi 540 ta mahallaning 365 tasida, ayniqsa, Buxoro shahridagi barcha mahallalarda jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilganligi tanqid qilinib, shaharning eng og‘ir hisoblangan Shayxon, Sadriddin Ayniy, Ibn Sino, Navro‘z va Ashrafiy mahallalarida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha viloyat IIB rahbariyatiga tegishli topshiriqlar berildi.

Viloyatda sodir etilgan jinoyatlar soni 100 ming kishiga nisbatan hisoblaganda 84,4 tani tashkil etgani, bu respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham yuqoriligi, o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishining tub sabablari o‘rganilmaganligi, ularni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rilmaganligi oqibatida oila-turmush doirasida qotillik va badanga og‘ir shikast yetkazish turdagi jinoyatlar yuz berganligi qattiq tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, qo‘riqlash tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yo‘l harakati xavfsizligi hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ayollar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik tadbirlarga sog‘liqni saqlash tizimlari hamda o‘quv yurtlarida faoliyat olib borayotgan psixologlarni jalb etish masalalarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

Yig‘ilish davomida egallab turgan lavozimiga noloyiq xatti-harakatlarni sodir etgan, bugungi kun talablariga javob bermaydigan eskicha ish uslubida xizmat qilayotgan Buxoro tumani IIB boshlig‘ining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh.O‘rinov, Romitan tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J. Qurbonov, Vobkent tumani IIB boshlig‘ining xizmat bo‘yicha o‘rinbosari A.Adizov, Olot tumani IIB boshlig‘ining xizmat bo‘yicha o‘rinbosari D.Hasanov, Qorako‘l tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N. Yuldashov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishga mas’uliyat bilan yondashmagan qator rahbar va xodimlarga turli darajadagi intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov