28-avgust kuni Mirobod tumani Fitrat ko‘chasida to‘rtta avtomobil va bir piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar qiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
“VAZ-2105” rusumli avtomobilni boshqarib borgan 56 yoshli K.Ibrohim qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Lacetti’ni o‘tkazib yubormasdan qayrilib olishga harakat qilgan. Oqibatda Lacetti haydovchisi, 20 yoshli Z.Javohir boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi Matiz avtomashinasini urib yuborgan. O‘z navbatida Matiz zarba kuchi tufayli joyidan qo‘zg‘alib, 37 yoshli K.Pavelni va oldindagi boshqa bilan Lacetti rusumli avtomobilni borib urgan.
Jarohatlangan piyoda shifoxonaga yotqizilgan. Haydovchilarga ziyon yetmagan.
Izoh (0)