Toshkent shahar hokimiyati bepul avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Ular bayram mushakbozligini tomosha qilishni istaganlarni Xalqlar do‘stligi maydoniga eltadi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.
Avtobuslar harakati qo‘yidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
Bobur ko‘chasi bo‘ylab Shota Rustaveli ko‘chasidan Sharshara ko‘chasigacha;
I. Karimov ko‘chasi bo‘ylab Olmazor ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;
Qoratosh ko‘chasi bo‘ylab Samarqand Darvoza ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha;
Furqat ko‘chasi bo‘ylab Noviy ko‘chasidan I. Karimov ko‘chasigacha.
Mushakbozlik 11 ta bog‘da tashkil etiladi: “Anxor-Lokomotiv”, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qodiriy, Mirzo Ulug‘bek, Furqat nomidagi, “Ashxobod”, “Quyoshcha nuri”, “Bog‘ishamol”, “Do‘stlik”, “Grin park” bog‘lari, hayvonot bog‘i, shuningdek, Mega Planet savdo markazi hamda Respublika baynalmilal markazi oldida. Shu hududlarda 1–4-sentabr kunlari xalq sayillari o‘tkaziladi.
Bepul avtobuslar harakatlanadigan turargohlar quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Navoyi ko‘chasidan I. Karimov ko‘chasigacha;
I. Karimov ko‘chasi bo‘ylab Olmazor ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha;
Qoratosh ko‘chasi bo‘ylab Samarqand Darvoza ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha;
Bratislava ko‘chasi bo‘ylab Shota Rustaveli ko‘chasidan Bobur ko‘chasigacha;
Bobur ko‘chasi bo‘ylab Shota Rustaveli ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;
Baynalminal ko‘chasi bo‘ylab Oqtepa maydonidan Bunyodkor ko‘chasigacha.
Izoh (0)