“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga shifokorlar o‘z kasb majburiyatlarini bajarishda davlat tomonidan himoya qilinishi zarurati haqidagi jamoaviy murojaat joylandi.
Unda, jumladan, ayni paytda shifokorlar va tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari o‘z kasb majburiyatlarini bajarish davomida tahqirlashlar va qadr-qimmati kamsitilishlarga duch kelayotganligi, ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazilayotganligi ta’kidlanadi va bunga bir qator misollar keltiriladi.
Murojaat bilan kasb majburiyatlarini bajarish davomida tibbiyot xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish uchun qonunchilik darajasidagi javobgarlikni belgilash taklif etiladi.
Izoh (0)