Parijning “PSJ” klubi UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining dastlabki o‘yinida “Liverpul”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdagi yagona golni “qizillar” yarim himoyachisi Xarvi Elliot kiritdi.

Ushbu o‘yinda Parij klubi raqib darvozasi tomon 27 marta zarba yo‘lladi, biroq birortasini golga aylantira olmadi. “Liverpul” esa bor-yo‘g‘i ikki marta zarba berdi, ulardan biri aniq bo‘ldi va gol bilan yakunlandi.
27 ta zarba va gol ura olmaslik natijasi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida ikkinchi eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, bu borada rekord ham “PSJ”ga tegishli. O‘tgan mavsum yarim final bosqichining javob bahsida parijliklar Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi o‘yinda 30 ta zarba yo‘llagan, ammo birortasini golga aylantira olmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” — “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 12-mart kuni Liverpuldagi “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)