Oʻzbekiston mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan “Paxtakor” stadionida ommaviy yugurish musobaqasi uyushtirildi. Unda 1200 kishi ishtirok etdi, deb xabar beradi shahar hokimiyati.
Ishtirokchilar 4 yosh toifasiga boʻlindi: 16 yoshdan 35 yoshgacha, 36 yoshdan 45 yoshgacha, 46 yoshdan 55 yoshgacha va 56 yoshdan kattalar. Ayollar va erkaklar alohida bellashdi.
Yugurish oxirida gʻoliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Izoh (0)