22-avgust kuni Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasida Adliya vazirligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan brifing tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuo xizmati ma’lum qildi.
Tadbirda Adliya vazirligi, SHHT biznes-klubi, Rossiya TIV, Savdo-sanoat palatasi, Rossiya – Oʻzbekiston biznes kengashi, “Osiyo invest” banki vakillari, shuningdek, rossiyalik tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.
Maʻruzachilar qatnashchilarning eʻtiborini tadbirkorlik va investitsiyalar sohasidagi oʻzgarishlarga qaratdi. Oʻzbekiston Prezidentining 1-avgustdagi farmoni bilan mamlakatda investitsiyaviy muhitni tubdan yaxshilashga qaratilgan davlatga ishonchni himoya qilish tamoyili, yer uchastkalarini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishning aniq holatlarini, davlat organining qarorini faqatgina sud tartibida bekor qilish tartiblarini belgilanishi va boshqa yangiliklar brifing ishtirokchilariga batafsil tushuntirib berildi.
Brifing tafsilotlari Rossiya ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi.
Izoh (0)