O‘zbekiston hukumati Dori-Darmon kompaniyasi ustav kapitalidagi davlat ulushini United Investment Healthcare Group (AQSh) ishonchli boshqaruviga topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” ma’lum qildi.
Amerikaliklar bilan ishonchli boshqaruv yuzasidan shartnoma 5 yilga tuzilishi ko‘zlangan. Tasdiqlangan biznes-reja parametrlariga erishilgan taqdirda bu muddat yana shunchaga cho‘zilishi mumkin.
Hozirda Dori-Darmon ustav fondidagi davlat ulushi 71 foizga teng. Kompaniya tarkibiga 17 ta ulgurji omborxona va 15 ta nazorat-tahlil laboratoriyasiga ega 8 aksiyadorlik jamiyati va 12 ta MCHJ kiradi.
Dori-Darmon respublika bo‘ylab 2200 dan ortiq ijtimoiy dorixona tashkil etgan.
Izoh (0)