O‘zbekistonda xalq ichida obro‘ qozongan, sifatli ta’lim beruvchi va talab yuqori bo‘lgan maktablarning tarmoqlari paydo bo‘ladi. Bu haqda Xalqaro press klubning xalq ta’limi tizimidagi muammolar tahliliga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.
Obro‘li maktablarda koeffitsiyent ikkidan yuqorini tashkil etmoqda. Qayerda tanqislik bo‘lsa, u yerda korrupsiya yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun biz o‘sha maktablarning tarmog‘i faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchimiz.Misol tariqasida aytadigan bo‘lsam, koeffitsiyenti past bo‘lgan maktablarni tugatib, koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan maktabning tarmog‘iga aylantiramiz. Shunda ko‘proq odam sifatli ta’limga ega bo‘ladi. Hozirda ushbu jarayonni sinov tariqasida Shayxontohur tumanida boshlamoqchimiz. Uning ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor ekan. Moliyalashtirish va boshqa masalalar shular jumlasidan. Agar ushbu sinov kutilgan natijani bersa, qolgan barcha obro‘li maktablarga ham o‘z tarmoqlarini rivojlantirish vazifasi qo‘yiladi. Obro‘li maktab brendga aylanadi, uning tarmoqlari ko‘payib, ko‘proq o‘quvchi qabul qilish imkonini beradi.
Sherzod Shermatov, Xalq ta’limi vaziri
Izoh (0)