Bugun, 22-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi.
-130 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mo‘minjon Abdullayev finalda qozog‘istonlik Tinaliyev Nurmaxonga qarshi bahs olib, borib 8:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Mo‘minjon Osiyo o‘yinlari—2018 oltin medaliga ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, biroz avval 87 kg vaznda Rustam Assakalov Osiyo o‘yinlari—2018 ning kumush medaliga ega chiqqandi.
Izoh (0)