Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, 20-avgust sanasida o‘zbekistonlik taekvondochilar bahslarga kirishdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.
-67 kg vazn toifasida Nigora Tursunqulova ilk jangida gongkonglik Lo Vai In Vinsini 22-2 (8:1, 11:0, 3:1) hisobida mag‘lub etdi.
Tursunqulova chorak finalda makaolik Liu Qingni mag‘lubiyatga etdi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Nigora final yo‘llanmasi uchun Janubiy koreyalik Kim Jandiga qarshi jang olib bordi va 4:14 hisobida mag‘lub bo‘ldi va bronza medaliga ega chiqdi.
Erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida Niyoz Po‘latov nimchorak finalda Xitoy taypeyilik Hu Kuangyuni 30:28 (10:4, 6:10, 14:14) hisobida mag‘lub etishga erishdi. Niyoz chorak finalda tailandlik Savekvihare Ramnarongga qarshi jang qilib, 23:21 hisobida (11:7, 3:2, 9:12) hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga chiqdi. U yarim finalda eronlik Ashur Zoda Falloh Farzonni ham mag‘lub etdi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Izoh (0)