O‘qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzini oshirishga qaratilgan Prezident, shuningdek, yagona maktab formasi bilan ta’minlashga oid hukumat qarorlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Tadbirda Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Akbar Tog‘ayev ishtirok etib, OAV vakillarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Uning ta’kidlashicha, uy-joy krediti bo‘yicha maxsus tartib ishlab chiqilib tasdiqlanadi, unda uy-joylar qaysi mezonlar bo‘yicha taqsimlanishi kabi masalalar qamrab olinadi.
Avtokredit barcha o‘qituvchilarga berilmaydi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan avtokredit ajratish tavsiya qilinadigan pedagog xodimlari bo‘yicha ro‘yxat shakllantiriladi. Bunda ish staji, yutuqlari va boshqa shu kabi mezonlarga e’tibor qaratiladi.
Agar bu yilga maktab formasi olib qo‘yilgan bo‘lsa, yangi forma olish shart emas, o‘sha formani kiyib maktabga kelishga ruxsat beriladi.
Monopoliyaga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni maktab formasini kimdan olishni umuman ahamiyati yo‘q, belgilangan standartga mos kelsa bo‘ldi, o‘zlari tiktirsa ham bo‘ladi.
Maktab formasi bo‘yicha takliflar bilan bemalol murojaat qilish mumkin, ya’ni maktab formasi shu shaklda qolib ketmaydi, uch yilgacha fikr- mulohazalar o‘rganilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Izoh (0)