O‘zbekiston “Shimol—Janub” xalqaro transport loyihasida (Hindiston—Eron—Ozarbayjon—Rossiya—Qozog‘iston) ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov o‘zbek—hind hukumatlararo komissiyasining 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan 11-yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
Mazkur loyiha mintaqaning transport-tranzit imkoniyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Hindistonning Ashxabod kelishuviga (O‘zbekiston—Turkmaniston —Eron—Ummon) qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlaganini eslatdi. Ushbu kelishuv Hindistonning O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan tovar aylanmasini ko‘paytirishga xizma qiladi.
Izoh (0)