Markaziy bank 2018-yilning birinchi yarim yilligi davrida naqd pul muomalasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni taqdim etdi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Joriy yilning I choragida muomaladagi naqd pullar hajmi 1,2 trillion so‘mga qisqargan bo‘lsa, II choragida 3,4 trillion so‘mgacha ortishi kuzatildi. Natijada, 2018-yilning I yarim yilligida naqd pul massasi 2,2 trillion so‘mga oshdi.
Naqd pulga bo‘lgan talabning o‘zgarishi asosan mavsumiy omillar bilan izohlanadi. Bunda mamlakatga xalqaro pul o‘tkazmalari hajmlarining asosan yilning ikkinchi va uchinchi choraklarida boshqa choraklarga nisbatan ko‘proq bo‘lishi va natijada, aholi tomonidan tijorat banklariga xorijiy valyutani sotish hajmlarining oshishi mos ravishda naqd pulga bo‘lgan talabning ortishiga olib kelmoqda.
Izoh (0)