O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, doirachi Abbos Qosimov Kuala-Lumpurdagi Unbeatable — Kaleidoscope zarba cholg‘u asboblari xalqaro festivalida chiqish qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Musiqachi festival doirasida O‘zbekiston mintaqalarida doira chalishning turli texnika va ritmlarini namoyish etib, doira chalish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazdi.
“Malayziyada an’anaviy o‘zbek musiqasining muxlislari ko‘p. Ular uchun bugun mahorat darsi tashkil etildi. O‘zbekistonda musiqa maktabini ochish yaqin kelajakdagi rejalarimga kiradi. Shuningdek, kelajakda mahorat darslari o‘tkazish uchun unga dunyoning mashhur musiqachilarini jalb etishga umid qilmoqdaman”, — deydi Abbos Qosimov.
Abbos Qosimov — doira chalish ustasi, “Abbos” guruhi asoschisi. Rendi Gloss, Ostin Mornik, Xoumen Purmexdi, Endryu Grushev, Adam Rudolf, Zakir Husseyn, Jovanni Idalgo, Terri Bozsio va Svapan Chaudxuri kabi artistlar bilan birga chiqish qilgan.
Izoh (0)