O‘zbekistonda o‘tgan hafta davomida (6—12-avgust) 180 ta yo‘l-transport harakati qayd etildi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.
YTHlarida 177 kishi tan jarohatlari olgan, 27 kishi halok bo‘lgan. Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 84 ming 977 ta qoidabuzarlik aniqlangan, ulardan 40,7 mingtasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi.
Qoidabuzilishlar statistikasi:
- 14 946 — xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlanganlik holatlari;
- 12 402 — haydovchilar tomonidan odam tashish qoidalarini buzish;
- 11 944 — belgilangan tezlik talablarini buzish;
- 1 568 — transport vositasini mast holda boshqarish;
- 1 161 — svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmaslik;
- 870 — harakat vaqtida telefondan foydalanganlik;
- 668 — transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirish;
- 360 — temir yo‘l kesishmalaridan o‘tishda qoidaga rioya qilmaslik.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda bir haftada 44 kishi YTH qurboniga aylandi
Izoh (0)