Yer aholisi 13-avgust, dushanbaga o‘tar kechasi eng yorqin Perseidlar meteorlar oqimi tufayli soatiga 100 tagacha yulduz uchishiga guvoh bo‘lishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xalqaro meteor tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, soatiga 100 ta meteor kutilmoqda. “Qulayotgan yulduzlarni” osmon bulutlar bilan qoplanmagan vaziyatda kuzatish mumkin.
Oy 11-avgustda yangi fazadan o‘tganligi sababli, uning yorug‘ligi bu hodisani kuzatishga xalal bermaydi. Perseidlarni nafaqat astronomlar, balki oddiy kuzatuvchilar ham ko‘rishi mumkin.
Meteorlar yorqin bo‘lib, ularni shahar yoritgichlaridan uzoqda kuzatish lozim.
Izoh (0)