NASA agentligi Delta IV Heavy raketasining “Parker” quyosh zondi bilan parvozi muvaffaqiyatli uchirilganini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Raketa Floridadagi Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirilgan.
https://twitter.com/NASA/status/1028545295523635200
“Parker” zondi Quyosh atmosferasi va uning shamollarini tadqiq etishi kerak. NASA’ning rejasi bo‘yicha, sakkiz yillik missiya davomida zond Quyoshga rekord darajada yaqin — olti million kilometrgacha yaqinlashishi lozim. Shu yo‘l bilan, u Quyosh atmosferasiga kirgan Yerning ilk qurilmasi bo‘ladi.
“Parker” zondini dastlab 11-avgust kuni uchirish rejalashtirilgan edi, biroq raketadagi ma’lumot uzatish tizimidagi tekshiruvlar sabab qoldirildi. Keyinroq parvoz 12-avgustga ko‘chirilgani e’lon qilindi.
Izoh (0)