Ilon Maskning asosiy orzusi yo‘qqa chiqdi — Marsning atmosferasini qalinroq va iliqroq qilish hamda uning qutblaridagi muz qalpoqlarini eritish orqali sayyorani Yerning analogiga aylantirib bo‘lmaydi. Bu haqda Nature Astronomy jurnaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
MAVEN zondidan olingan tasvirlar va NASA zondlaridan olingan eski ma’lumotlar Marsda issiqxona effektini hosil qilish uchun uglerod gazlarining yetarlicha miqdori yo‘qligini ko‘rsatgan. Issiqxona effekti Yerdagi hayotni yaratish uchun sayyorani yetarlicha issiq qilgan bo‘lar edi.
“Marsning Yerga aylanishini zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshirib bo‘lmaydi”, — deya xulosa qilgan AQShning kolorado universiteti olimi Bryus Yakoski.
Izoh (0)