Yaponiyalik futbolchi Keysuke Xonda Kambodja milliy terma jamoasi bosh menejeri va bosh murabbiyi etib tayinlandi. Ayni vaqtda, u futbolchilik faoliyatini yakunlagani yo‘q.
32 yoshli futbolchi murabbiylik faoliyatini Avstraliyaning “Melburn Viktori” klubida to‘p surish bilan birga (bir hafta bu klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi) olib boradi. “Kommersant”ning yozishicha, Xonda har hafta videoaloqa qo‘ng‘iroqlari vositasida Kambodja milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga yordam beradi.
Xonda Kambodja milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida birinchi sinovdan ASEAN (Janubi-Sharqiy Osiyo mamlaktalari) chempionatida o‘tadi. “Sports.ru”ning qayd etishicha, Xonda ayni vaqtda Avstriya ikkinchi divizionidagi “SV Xorn” futbol klubi prezidenti ham sanaladi.
Ma’lumot uchun, Keysuke Xonda faoliyati davomida Rossiyaning SSKA, Italiyaning “Milan”, Meksikaning “Pachuka” jamoalarida to‘p surgan. Yaponiya milliy terma jamoasi safida 98 o‘yinda maydonga tushib, 37 ta gol urgan; uchta mundial ishtirokchisi sanaladi.
Izoh (0)